Tuesday, 23.04.2024, 09:58 | Xush kelibsiz Guest

FC BARCELONA

Blog

Main » 2009 » October » 7 » YAYA TURE
06:41
YAYA TURE
YAYA TURE (Yahyo Toure)
 
 
     Yaya Toure 1983 yilning 13 mayida Kot'd-Ivuar (Fil suyagi qirg'og'i)da tug'ilgan. U hozirda Barselona jamoasida yarim himoyachi hisoblanadi. U jamoada "Firewall" ya'ni "olov devori" laqabi bilan nom qozongan, zero uning jismoniy jihatdan juda kuchli va ajoyib mahorati ila raqibning hujumlarini daf etishi ushbu laqab qo'yilishiga sabab bo'lgan.

     Yayaning dastlabki jamoasi ASEC Mimosas - Ivuardagi mashhur jamoalardan. U bu yerdagi yoshlar akademiyasiga qatnaydi, so'ngra Yevropaga jo'nab ketadi. "Ko'hna qit'a"da ilk jamoasi Belgiyaning Bevereni bo'ladi va shu yerdan Ukrainaning Donetskiga transfer qilinadi.

     2005 yilda yunon skauti Metyu Teylor tavsiyasi bilan Ture Gretsiyada Olimpiakos tarkibida paydo bo'ladi. Bu orada Arsenalda ham mavsumoldidan biroz o'ynaydi. Lekin, u yerda ham o'zini ko'rsatolmaydi. Shunga qaramay, Eurosport tasnifiga ko'ra 2005 yilning umidli yoshlari qatoridan joy oladi. Bu ro'yhatdan hozirda ham ancha taniqli bo'lib qolgan Liverpuldagi Xavier Maskerano va Atletiko Madriddagi argentinalik Serhio Aguerolar ham borligi diqqatga sazovor.

     2006 yilda esa Olimpiakosda qolishdan bosh tortib, Monacoga keladi.

     Nihoyat, 2007 yilda Kataloniyaning Barselona jamoasi Ture uchun 9 million Euro taklif etadi va o'z tarkibiga qo'shib oladi. U hozirda 24 raqam ostida to'p surib kelmoqda. Debyut o'yinini 2007 yil 26 avgustda Rasing qarshi bahsda o'tkazadi. Dastlabki golini Gamper kubogida Inter (Italiya)ga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq bo'ladi. Rasmiy golini esa La Ligada Atletik Bilbaoga kiritadi, ya'ni 2007 yilning 2 sentabrida. 2007-2008 yilgi Chempionlar ligasidagi chorak finaldagi raqibi Shalke-04 jamoasi bilan bo'lgan o'yinda u gol kiritib, bu turnirda ham gollar hisobini ochadi. Nemislar ustidan ikki o'yinda g'alaba qozonib keyingi bosqichga yarim finalga yo'l olishadi, ammo u yerda Manchester Yunayted ikki o'yin natijasiga ko'ra 1-0 hisobida g'alaba qozonadi va afsuski Barsani finaldan quruq qoldiradi.

     2008/09 yilgi mavsumda klubga yangi murabbiy Xosep Guardiola keladi. Shuning bilan birga murabbiy yarim himoyaga yosh va umidli bo'lgan Sergio Buskestni ham olib keladi (Buskets Barselonaning yoshlar tarkibidan kelib qo'shilgan). Ture uchun zahira o'yinchisi edi, u esa jarohat olmadi va mavsumni ajoyib tarzda o'tkazib The Treble (uchlik) sovrinlari qo'lga kiritilishiga o'z hissasini qo'shdi. Xattoki, u vaziyat taqozo etganda himoya markazida ham yorqin o'yin namoyish etib berdi. Bu paytda markaziy himoyachilar jarohat sababli va disflikatsiya sababli maydonga tushishmagan edi. Yayaning maydon markazidan borib 2-3 futbolchini aldab o'tib beradigan zarbalari ayniqsa xafvli bo'ldi. Bir nechtasi darvozadan ham joy oldi.

     27 iyun 2009 yil Yaya Ture klub bilan shartnomani 1 yilga uzaytirdi, endi u bu yerda 2012 yilgacha qoladi.


     Uning aka-ukalari ham o'z navbatida futbolchilardir. Manchester Cityda himoyachi bo'lib akasi Kolo Ture o'ynasa, ukasi Ibrohim esa Suriyada Al-Ittihod jamoasida o'ynab kelmoqda.


2001 - Kot'd-Ivuar chempioni
2005/06 - Gretsiya Super ligasi g'olibi
2005/06 - Gretsiya Kubogi sohibi
2008/09 - Ispaniya chempioni
2008/09 - Ispaniya kubogi sohibi
2008/09 - UEFA chempionlar ligasi g'olibi
2008/09 - Ispaniya Superkubogi egasi
2009 - UEFA Superkubogi g'olibi.
 

------ Intervyu ------
     Kot'd-Ivuar va Barselona jamoasi yarim himoyachisi Yaya Ture o'z intervyularida Barselonada butun hayoti davomida qolishni hohlashini ta'kidlaydi. U o'ziga Angliya jamoalaridan qiziqishni katta maqtov hisoblaydi, ammo Barselona u uchun eng to'g'ri jamoadir. "Man Barselonani sevaman. BU dunyodagi eng yaxshi jamoa. Men karyeramni faqat shu jamoada yakunlashni hohlayman va barchaga bu klub men uchun ko'p narsa bildirishini isbotlayman. Qachonki kun kelib, klubga men kerak bo'lmay qolsam, shunda ketishni o'ylashim mumkin. Ammo bu yerda kerak ekanman, hayotim ohirigacha shu yerda bo'laman."

     Atletiko Madrid bilan uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Yaya Ture ham ishtirok etdi va klubni tark etishi haqidagi mish-mishlarga javob berib o'tdi. Ta'kidlash mumkinki, u ajoyib tarzda barchasiga nuqta qo'ydi.
 - "Men Barselonada judayam baxtliman. Barchasi a'lo darajada va men bu jamoa tarkibida ekanligimdan faxrlanaman. Shu bilan birga bu yerda ko'p yillar davomida qolishni hohlayman. Endi men haqimdagi mish-mishlarga keladigan bo'lsak, ular ko'proq pul haqida bo'lmoqda. Men umuman bu haqida o'ylaganim yo'q. Hozirda o'ynamoqdaman va men uchun eng muhimi shu. Pul esa keyinroq keladi" javob berdi Ture.

 


 

Views: 2823 | Added by: barsa | Rating: 0.0/0
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *:
Login shakli
Search
Season - 2010/2011
O'rin
Jamoa nomi
Ochko
O'yin
1
Valensiya
6
2
2
Atletiko M
6
2
3
Sevilya
3
1

Tug'ilgan kunlar

Sana

Futbolchi

Yosh

http://barca.ru/design/spacer.gif

07.09.1980

Milito

30

26.10.1984

Adriano

26

08.11.1975

Pinto

35

03.12.1981

Villa

29

WMlink.ru - рекламный брокер


Все о погоде - Pogoda.uz



free counters