Monday, 29.04.2024, 04:22 | Xush kelibsiz Guest

FC BARCELONA

Blog

Main » 2009 » September » 22 » JOSEP GUARDIOLA
22:52
JOSEP GUARDIOLA
Xosep Guardiola
Xosep Guardiola i Sala 1971 yil 18 yanvarida Santpedorda dunyoga keldi. Muvaffaqiyatli o'yin karyerasi, so'ngra Barca Atletik (yoshlar jamoasi)da menejer vazifalarida faoliyat yuritgandan keyin, asosiy tarkibdagi debyut mavsumidayoq to'rtta sovrinni qo'lga kiritgani e'tiborga molik.

Xosep,  Barselona tarihidagi eng muhim o'yinchilardan biri bo’lgan. U bu yilgi oltin mavsumdagi asosiy jamoaga, dastlab Barsa Atletikda "B” diviziondagi g'alabasiga erishgandan so'ng, ya'ni 2008 yil 17 iyunda tashrif buyurgan edi. "Men sizga sovrin va'da qilmayman, ammo shuni aytamanki, biz oxirida ham jangovar ko'rinishda bo'lamiz va  bizdan faxrlana olasiz", deya ta'kidlaydi u o'zining ilk Gamper Kubogida. Va u oxir-oqibat haq bo'lib chiqdi.

Pep Kataloniyalik 15 - murabbiy hisoblanadi klub tarihida. U ushbu mavsumda uzoq kutilgan (ya'ni ikki mavsum sovrinsiz o'tgan) yutuqqa erisha oldi. Bu yutuqlarda uning Barsa Atletikda sinab ko'rgan va o'ta muvaffaqiyatli chiqqan taktikasi, ya'ni 4-3-3 ko'rinishidagi taktik usuli juda qo'l keldi.

Guardiola faqat hujumga qaratilgan futbol tashkil etdi, undan tashqari bu usulda vaziyatni nazorat qilish va to'p bilan ko'p muomalada bo'lish asos qilib olindi. Zero shu yo'l bilan raqib jamoa a'zolari to'psiz ko'proq yugurishlariga to'g'ri keladi. Bu yo'l bilan ularda ko'plab xavfli vaziyatlar vujudga kelishini va gol urish uchun turli zarbalar berish imkoni paydo bo'ladi. U o'yinchilarning qobilyatlariga yuqori baho beradi, lekin baribir mashaqqatli mehnatni talab qiladi, shundan kelib chiqib individual mahoratdan umumiy, jamoaviy mehnatni ustun qo'ydi. U sport jamoasida futbol bo'yicha natijaga javobgar hisoblanadi, shuning uchun uni jamoa yetakchisi deyish mumkin.

Xosep Guardiola  -  mayda detallargacha e'tibor beruvchi murabbiydir. U hattoki har bir o'yinda raqibining o'yinini video orqali o'rganib chiqishga tayyor va xech qachon keyingi bahsgacha hali bor deb o'tirmaydi. Jamoa muhitida u ajoyib motivator (ya’ni "ruhshunos”, shu o’rinda Ahmad aka Uaydullayevning so’zlari yana bir bor esimga tushdi), har bir o'yichi o'zini a'lo holatda bo'lishini ta'minlaydi. Aynan ushbu falsafiy qarashlari,  Barselonadek jamoaga 2008/09 mavsumida Ispaniya Kubogi, Yevropa Chempionlar ligasi, milliy chempionat va Superkubok bahslarida g'alabalar olib keldi, bu sovrinli mavsum jamoa tarihidagi eng yaxshisi bo'lishiga zamin yaratdi.

Bu ajoyib yutuqlar klub tarihida ham o'yinchi, ham murabbiy bo'lib faoliyat yuritib Ligada g'alaba qozongan Guardiolani huddi shunday mavqega erishganlar -  Migel Munyes, Jovanni Trappatoni, Yohan Kruiff, Karlo Anchelotti va Frank Raykard kabi buyuklar qatoriga qo'shilishiga sabab bo'ldi. Qahramonimiz jamoa tarihida Chempionlar ligasida g'alaba qozongan ham o'yinchi, ham murabbiylardan oltinchisi bo'ldi. Undan tashqari, 21 asrdagi "uchlik" sovriniga ega chiqqan dastlabki murabbiy endi Xosep Guardioladir.

Boshqaruvchilik faoliyatidan avval u Barselonada doim "klass" futbolchi hisoblanardi. So'ngra karyerasini Italiyada, Qatarda va yurtiga qaytishdan oldinroq esa Meksikada yuritdi. Demak u Kataloniya klubida 1984 yilda yoshlar akademiyasiga kelib qo'shilgandan buyon,  Italiyaga ketgunicha bo'lgan.

Futbolchilik davridagi sovrinlari:

-          La ligada olti bor chempionlik (1990-91, 91-92, 92-93, 93-94, 97-98 va 98-99)

-          Yevropa kubogi (91-92)

-          Kubok egalari kubogi (96-97)

-          Qirol kubogi (96-97, 97-98)

Ushbu davr mobaynida Guardiola o'zining odatiy "4" raqamida maydonga tushgan.

Italiya A seriyasidagi debyutini 2001-2002 yilgi mavsumda Breshia tarkibida amalga oshirdi, keyingi yili Roma bilan Lombardiyaga qaytguncha bo'ldi.

Keyinchalik u Qatarning Al-Ahli jamoasida (2003-04-05), va uzoq Meksikaning Dorados de Sinaloa jamoalarida o'ynadi.  Va nihoyat, 2006 yilning ohirida butsalarini "mixga" ildi va futbolchilik bilan hayrlashdi.

 

Unvonlari:

FC Barselona -

   2009/10 Evropa Superkubogi 

   2009/10 Ispaniya Superkubogi

   2008/09 Chempionlar Ligasi

   2008/09 La Liga

   2008/09 Ispaniya kubogi sohibi

   1992 yilgi Olimpiada chempioni

Barsa Atletik -

   2007/08 "B" divizionga yo'llanma.

1992 yili - "Bravo sovrini” bilan taqdirlangan

2000 yilgi Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasi a’zosi

 

 $IMAGE2$

 

 

 

 

Oilali, uch farzandning otasi.

 

 

Views: 8010 | Added by: barsa | Rating: 5.0/1
Total comments: 2
2 wholesale Mobile phone batteries  
0
I totally agree a hundred%. I can’t believe that he would even associate with that. Individuals nowadays are just unbelievable, by no means ceases to amaze me what individuals do and say anymore. Nice blog.

1 Veiptuttogger  
0
I highly enjoyed reading your blogpost, keep on making such interesting articles.

Name *:
Email *:
Code *:
Login shakli
Search
Season - 2010/2011
O'rin
Jamoa nomi
Ochko
O'yin
1
Valensiya
6
2
2
Atletiko M
6
2
3
Sevilya
3
1

Tug'ilgan kunlar

Sana

Futbolchi

Yosh

http://barca.ru/design/spacer.gif

07.09.1980

Milito

30

26.10.1984

Adriano

26

08.11.1975

Pinto

35

03.12.1981

Villa

29

WMlink.ru - рекламный брокер


Все о погоде - Pogoda.uz



free counters