Xavier Ernandes Kreus (Xavi)
Tug’ilgan
kuni: 25.01.1980
Tug’ilgan
joyi: Terassa, Ispaniya
Bo'yi: 170
sm, vazni: 68kg.
Jamoadagi
debyuti: 11.08.1998
Shartnoma
muddati: 2014 yilgacha
Transfer
bahosi: 50.000.000 Euro
Sayti:
www.xavihernandez.com
Biografiya:
Qahramonimiz
Xavi butun futboldagi karyerasini aytish mumkinki, faqat Barselona klubiga
bag'ishlagan. 11 yoshida "La Masii"
sport maktabiga kelgan va shundan so'ng bu yerda hozirgi kungacha bo'lgan
barcha yutuqlarga erishib kelmoqda.
U
juda tezlik bilan rivojlanib, o'sib bordi. 1997-98 yilgi mavsumda
"Xuvenil" guruhidan "Barsa
B" qo'shildi. U yerda Xordi
Gonsalvo boshchiligida jamoa Segundaga ko'tarilishga muvaffaq bo'lishdi.
Xavining
asosiy jamoa tarkibida debyut qilish orzusi 1998 yil yozida ro'yobga chiqdi.
Ispaniya Superkubog bahsida Malyorkaga qarshi asosiy tarkibda maydonga chiqdi,
ham debyut bo'ldi va eng asosiysi u shu kuni gol urdi, ajoyib debyut emas-mi?!
Birinchi o'yinda gol urish faqat orzu qilish mumkin. Shuningdek Xavi keyingi
1998-99 yilgi mavsumda ham La Ligada chempionlikka erishishda muhim rol
o'ynadi. O'sha vaqtda Lui Van Gal
murabbiy edi.
1999-2000
yilgi mavsum Xavi uchun omadli bo'ldi deyish mumkin. Chunki, o'sha vaqtda
"4" raqam sohibi Gvardiolaning
jarohat olishi oqibatida, u asosiy tarkibda ko'pgina o'yinlarda ishtirok etdi.
Ana shu afsonaviy jamoa sardorining Italiyaga ketishi, qahramonimizni
"Barselona orkestri"ning dirijyoriga aylantirdi.
Jamoaning
barcha murabbiylari davrida Xavi asosiy figuralardan bo'lgan. Ya'ni, Van Gal,
Reksach, Antich, Raykaard yoki hozirgi Gvardiola qo'l ostidagi tarkiblarda u
jamoaning ajralmas yarim himoyachisi hisoblanib kelmoqda.
Frank Raykaard murabbiyligi ostida bu
katalon o'g'loni yarim himoyaning barcha nuqtalarida harakat qilish
imkoniyatiga ega ekanligini namoyish etgan. Zero, 2004-05 yilgi mavsumda u 36
ta o'yin o'tkazganligi bu fikrimizga dalil bo'la oladi.
Deyarli
barcha futbolchilarda bo'lgani kabi bir xunuk illat bu o'yinchiga ham ta'sir
ko'rsatgan. Albatta bu jarohatlar... Xavi 2005 yilning 2 dekabrni yoddan
chiqarmaydi. "La Masii"dagi
mashg'ultlardan birida u noqulay va noto'g'ri harakati oqibatida chap
tizzasidan jarohat oladi... Shunday qilib tiklanish bosqichi qariyb 5 oy davom
etadi. Bu muddat kutilgandan ko'ra ancha erta bo'ldi va qahramonimiz yana
yashil maydonga qaytdi. Va nihoyat 2006 yilning 29 aprelida "Kadis"ga
qarshi o'yinda o'zini yana haqiqiy futbolchi sifatida his etdi. O'z vaqtida
tarkibga qo'shilgan Xavi o'z jamoasi bilan La Ligada va Chempionlar ligasida
chempionlikka erishdi.
Frank
Raykaard murabbiyligi ostida Xavi oxirgi ikki yilni juda ajoyib,
ishonchlarni oqlagan holda aksariyat uchrashuvlarni o'tkazdi. 2007-08 yilgi
mavsumda u hujumchilarga xos individual mahorat egasi ekanligini namoyish etib
Ligada 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu ko'rsatkich 2001-02,03-04 yilgi
mavsumlarda urilgan 4 ta goldan ancha yaxshi edi. Murabbiy etib Gvardiola kelganidan so'ng ham Xavi
Ernandes rekordni yaxshilashni davom ettirdi. Hozirgi kunga kelib, uning
hisobida 11 gol mavjud. Jamoa tarkibida u hamyurti Iniyesta bilan ajoyib tandem
hosil qilib, jamoaning motoriga aylanishgan. Albatta, o'tgan mavsumdagi "triplet"ga erishishda Xavining
o'rni beqiyos. Uning golli paslariga faqat havas qilsa arziydi.
Terma
jamoadagi Xavi haqida to'xtaladigan bo'lsak, o'zining karyerasida terma jamoasi
tarkibida ikkita Jahon chempionatida (2002, 2006), yana shuncha martta Yevropa
chempionatida (2004, 2008) ishtirok etgan va jamoaning liderlaridan
hisoblanadi. Va shuni ham alohida keltiramiz, oxirgi chempionatda u
musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi. Ispaniya terma jamoasi
tarkibida Yevropa chempioni bo'ldi. Kataloniyalik
ushbu o'glon 2008 yilda "FIFA versiyasiga ko'ra eng yaxshi o'yinchi"
nominatsiyasida faxrli 5 o'rinni egallagan bo'lsa, o'tgan yili esa uchlik
ro'yhatiga kiritildi. Hozirda dunyoning eng yaxshi pleymekeri (playmaker)
hisoblanadi.
XARAKTERISTIKA:
Xavi
har bir o'yinda jamoani bosiqlik va yuksak mahorat bilan boshqarib boradi. U
Barsada orkestr dirijyori rolida bo'lsa ham, o'yinni juda ajoyib borishini
ta'minlab beradi. U "blaugrana"
maktabining yetuk namunasi, ayniqsa aynan shu pozitsiyada.
Undan
tashqari, yillar mobaynida u maydon markazida turli nuqtalarda yuqori sifatli
o'yin namoyish etib kelmoqda. Uning uzoqqa to'p oshirishlari, aniq uzish bilan
berilgan paslari, pressing harakatlari yarim himoya qiroli deyilishiga asos
bo'ladi. To'pni ushlab turish, berkitish, o'z vaqtida (offsidega tushmasda)
sheriklariga oshirish kabi usullar raqiblarga ancha muncha qiyinchiliklar
tug'diradi o'yin davomida. O'zingiz guvoh bo'lishni hohlasangiz, Barsa
ishtirokidagi bir o'yinni kuzatib boring, iloji bo'lsa Xavining to'p
oshirishlarini, oldirib qo'yishini hisoblab boring... :)
Yutuqlari:
UEFA chempionlar ligasi: 2 (2005/06, 2008/09).
Yevropa Superkubogi: 1 (2009/10).
Ispaniya Superkubogi: 4 (1997/98, 2005/06, 2006/07,
2009/10).
Ispaniya Kubogi: 1 (2008/09).
Ispaniya La Ligasi: 4 (1998/99, 2004/05, 2005/06,
2008/09).
Ispaniya terma jamoasida:
Yevropa Chempioni: 1 (2008).
Olimpiada kumush medal sohibi - 2000.
20 yoshgacha bo'lgan Jahon chempioni: 1 (1999).
Shaxsiy yutuqlari:
Yevropa chempionatining eng yaxshi o'yinchisi: 1
(2008).
Chempionlar ligasi eng yaxshi o'yinchisi: 1 (2008/09).
Ispaniya Ligasining eng yaxshi yarim himoyachisi: 1
(2008/09)
|