Shanba kuni "Sevilya" klubi eks-yarim himoyachisi Adriano Korrea "Barselona" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Uning transfer bahosi 9,5mln evro miqdorida bo'ldi.
Braziliyalik 25 yoshli yarim himoyachi ko'proq chap qanotga moslashgan, ammo o'zining ta'kidlashicha har qanday joyda ham maksimal tarzda o'ynashga harakat qilar ekan. Yangi jamoasidagi raqami - 21.
Adriano o'tgan mavsumda "Sevilya" tarkibida 27 bor maydonga tushgan. Terma jamoasi Braziliya safida esa sakkizta o'yinda maydonda harakat qilgan.